Юлдуз Усманова - Dunyo

Текст песни: Dunyo

So'zim tingla, dunyo bir muddat
Bunchalar ham ishlaring g'alat.
Yaxshilarni g'amlarga ko'mib,
Yomonlarga qilding muruvvat.
Dunyo! Dunyo! Bir kam dunyosan.
Kimni xo'rlab, kimni suyasan, yorug' dunyosan!
Dunyo! Dunyo! Nohaq dunyosan
Qadamingni qandoq qo'yasan, nohaq dunyosan!
Bo'lsa agar ko'zlaring ochiq,
Qilmishingga bir-bir boqib chiq.
Dunyo bo'lsang keng bo'lgin dunyo,
Va barchaga teng bo'lgin dunyo!
Dunyo! Dunyo! Bir kam dunyosan.
Kimni xo'rlab, kimni suyasan, yorug' dunyosan!
Dunyo! Dunyo! Nohaq dunyosan
Qadamingni qandoq qo'yasan, yorug' dunyosan!
Nokaslarni bor qiladursan,
Kimki haqso'z xor qiladursan,
Egrilarga eshmisan, so'zla
Nechun g'alat kor qiladursan.
Dunyo! Dunyo! Bir kam dunyosan.
Torozingni qanday qo'yasan, yorug' dunyosan!
Dunyo! Dunyo! Bir kam dunyosan.
Kimni xo'rlab, kimni suyasan, achchiq dunyosan!
Dunyo! Dunyo! Haqsiz dunyosan
Qadamingni qandoq 1qo'yasan, nohaq dunyosan!


Юлдуз Усманова

Клип на песню: Юлдуз Усманова - Dunyo

Оставь свое мнение о песне и словах

avatar