Юлдуз Усманова - Ko'rmasam bo'lmas

Текст песни: Ko'rmasam bo'lmas

G'amgin yurak, g'amga sol yurak,
Bechorani xo'rlasang bo"lmas.
Seni bugun ko'rishim kerak,
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas...

Yelkamga yuk tashladi osmon,
Bu azoblar bergaymi omon?..
Tushun, Seni sog'indim yomon,
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas...

Balki quyosh kular ertaga,
Ochiladi gullar ertaga.
Nima bo'lsa bo'lar ertaga,
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas...

Uzun tunlar bunchalar mahzun,
Mahzun kunlar bunchalar uzun.
Men ertaga yashashim uchun,
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas!


Юлдуз Усманова

Клип на песню: Юлдуз Усманова - Ko'rmasam bo'lmas

Оставь свое мнение о песне и словах

avatar